Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampning bo‘lajak ma’muriyati Zelenskiydan bor diqqatini bosib olingan hududlarni ozod qilishga emas, tinchlikka erishishga qaratishni so‘raydi

A A A
Trampning bo‘lajak ma’muriyati Zelenskiydan bor diqqatini bosib olingan hududlarni ozod qilishga emas, tinchlikka erishishga qaratishni so‘raydi

Bu haqda AQShning saylangan prezidenti maslahatchisi Brayan Lanza ma’lum qildi.

"Agar prezident Zelenskiy muzokaralar stoliga o‘tirsa va Ukraina Qrimni qaytarib olsagina tinchlik o‘rnatilishi mumkinligini aytsa, u bizga maqsadi jiddiy emasligini ko‘rsatadi. Prezident Zelenskiy uchun yangilik bor: Qrim endi yo‘q", — deya fikr bildirdi Lanza.

Lanza Rossiya tomonidan bosib olingan boshqa hududlarni tilga olmadi, lekin 2014 yilda anneksiya qilingan Qrimni qayta egallash haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va AQShning maqsadi bu emasligini ta’kidladi.

Tinchlik va qotilliklarni to‘xtatish AQShning ustuvor yo‘nalishi. Bo‘lajak prezident Tramp ma’muriyati Kiyevning "dunyodagi vaziyatga real qarashi"ga erishmoqchi.

Lanza Trampning 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasida katta maslahatchi bo‘lgan. BBC ma’lumotlariga ko‘ra, u 2018 yilda Qo‘shma Shtatlar sanksiyalarini bekor qilishga uringan Oleg Deripaska manfaatlarini lobbi qilishda ayblangan.

Kiritildi: 21:07 09.11.2024. O'qildi: 982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!