Bu reja Afg‘onistonga yangi bosqin sifatida qabul qilinishi mumkin, deb yozmoqda agentlik hozirgi va sobiq amerikalik amaldorlardan olingan ma’lumotlarga tayanib.
Ularning aytishicha, Bagram aviabazasidan foydalanishni tiklash uchun u yerga 10 mingdan ortiq harbiy xizmatchi va zamonaviy havo mudofaa tizimlarini joylashtirish talab qilinadi. Shuningdek, aviabaza atrofidagi hududni nazorat ostida ushlab turish kerak bo‘ladi.
"Shu bilan birga, rasmiy ravishda Vashington hozircha bunday qadamni rejalashtirimayapti. Bagramni Afg‘onistondagi xavflardan tashqari, Eron tomonidan bo‘ladigan ehtimoliy raketa hujumlaridan ham himoya qilish zarur", deyiladi Reuters maqolasida.