Prezidentlikka nomzod Donald Trampga uchinchi marta suiqasd qilishda ayblanayotgan 49 yoshli Vem Miller Fox News Digital’ga bergan intervyusida unga qarshi ayblovlar yolg‘on ekanini aytdi.
Millerning qurol saqlashda ayblanib hibsga olinishi iyul oyidan beri Trampga qilingan ikkita muvaffaqiyatsiz suiqasddan keyin spekulyasiyalarga sabab bo‘ldi. "Men har doim yuk mashinam kuzovida qurol bilan yuraman," - dedi Miller Fox News Digital’ga bergan intervyusida.
Millerning aytishicha, u 30 yildan beri ommaviy axborot vositalarida ishlaydi. Shuningdek, u yetakchi san’atkorlar bilan musiqiy kliplar va teleko‘rsatuvlar ustida ishlagan va ommaviy axborot vositalarida "senzura"ga qarshi kurashish uchun "America Happens Network" loyihasini ishga tushirgan.
Undan mashinasidagi barcha qalbaki shaxsiy guvohnomalar va pasportlar haqida so‘rashganda, Miller ularning hech biri qalbaki emasligini aytdi.
Miller millati arman ekanligini va uning to‘liq armancha ismini ko‘rsatadigan hujjatlari borligini aytdi.
Millerning so‘zlariga ko‘ra, u bugungi kunda «ko‘proq respublikachi» va «100%» AQShning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlaydi.