Bloomberg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari Oq uy rahbari Donald Trampga Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishning turli variantlarini taklif qilishgan. Bu choralar Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishish maqsadida ishlab chiqilgan.
Manbalarga ko‘ra, Tramp hozircha bu borada qaror qabul qilmagan va diplomatik harakatlarga ustuvorlik bermoqda. Prezidentga taqdim etilgan aniq choralar haqida esa ma’lumot berilmagan.
Bundan avval AQSh davlat kotibi Marko Rubio mamlakat hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etmasligini, chunki bu Ukrainadagi tinch yo‘l bilan hal qilish jarayoniga tahdid solishini bildirgan edi.