Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Trampga aloqador neft kompaniyasi Grenlandiyada hukumat ruxsatisiz ish boshladi — The Guardian

Trampga aloqador neft kompaniyasi Grenlandiyada hukumat ruxsatisiz ish boshladi — The Guardian



AQSh prezidenti Donald Trampga aloqador Amerika neft kompaniyasi mahalliy hokimiyatdan ruxsat olmasdan Grenlandiyada quduqlar burg‘ulashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tramp ushbu orolga nisbatan da’volarini to‘xtatmayotgan bir vaqtda, orolning sharqiy sohiliga burg‘ulash uskunalari olib kelindi, deya xabar beradi nashr.

2025 yilda Texas shtatida tashkil etilgan Greenland Energy kompaniyasi orolda 1 trillion dollarlik neft zaxirasi bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda. Kompaniya ikkita quduq burg‘ulash uchun 60 million dollar ajratishni rejalashtirgan.

Mazkur holat Grenlandiya hukumatining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Hukumat orolga neft burg‘ulash uskunalari olib kirilishiga hech qanday ruxsat berilmaganini ta’kidladi.

Grenlandiya 2021 yilda ekologik sabablarga ko‘ra yangi neft konlarini o‘zlashtirish uchun lisenziyalar berishni to‘xtatgan edi. Biroq Buyuk Britaniyaning 80 Mile kompaniyasi muqaddam ushbu hududda qidiruv huquqini olgan. Greenland Energy esa loyihani moliyalashtirish evaziga unda ko‘pchilik ulushga ega bo‘lishini bildirmoqda. Shunga qaramay, ishni boshlash uchun hudud hukumati ruxsati kerak.

Grenlandiya hukumati olib kelingan uskunalarni qaytarib yuborishni "hozircha shart emas", deb hisoblamoqda. Ruxsatnoma berish bo‘yicha ariza ko‘rib chiqilmoqda. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, barcha ruxsatlar olinsa, oktyabr oyida burg‘ulash ishlari boshlanadi.

Donald Tramp ikkinchi muddatga AQSh prezidenti lavozimiga kelganidan beri Grenlandiya Daniya uchun emas, Qo‘shma Shtatlar uchun muhim, deya orolni qo‘shib olish g‘oyasini ilgari surib kelmoqda.

Kiritildi: 21:34 09.08.2026. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!