Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati rasmiy saytida AQSh prezidenti Donald Tramp, Kanada bosh vaziri Mark Karni va Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum 5 dekabr kuni Jon Kennedi nomidagi san’at markazida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichi qur’asida ishtirok etishini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Mazkur qur’ada har birida 4 tadan terma jamoa ishtirok etadigan 12 ta guruh tarkiblari ma’lum bo‘ladi. U Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor o‘tkaziladi va unda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.