Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Trampdan muhim xabar: Putin va Zelenskiy bilan dushanba kuni tarixiy suhbat!

Trampdan muhim xabar: Putin va Zelenskiy bilan dushanba kuni tarixiy suhbat!

Tramp dushanba kuni Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishini ma’lum qildi.

"Men dushanba kuni ertalab soat 10:00 da Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashaman. Suhbat mavzulari haftasiga o‘rtacha 5000 dan ortiq rossiyalik va ukrainalik askarlarning hayotiga zomin bo‘layotgan "qirg‘inbarot"ni to‘xtatish hamda savdo masalalari bo‘ladi.

Shundan so‘ng Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan, keyin esa - Zelenskiy bilan birgalikda - NATOning turli vakillari bilan muloqot qilaman. Umid qilamanki, bu kun samarali bo‘ladi, o‘t ochishni to‘xtatishga erishiladi va bu juda shafqatsiz urush, hech qachon boshlanmasligi kerak bo‘lgan urush nihoyasiga yetadi. Barchamizni Xudo yorlaqasin,"
deya yozdi Tramp.

Kiritildi: 20:19 17.05.2025. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!