Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Trampdan keskin qadam: Xitoy tovarlariga boj 145 foizgacha oshdi

Trampdan keskin qadam: Xitoy tovarlariga boj 145 foizgacha oshdi

Tramp Xitoy tovarlariga bojni 145 foizgacha ko‘tardi.

Oq uyning tushuntirishiga ko‘ra, Tramp haqiqatda Xitoyga nisbatan tariflarni 145 foizga oshirdi, deb xabar beradi CNBC.

O‘zining so‘nggi buyrug‘ida Tramp tariflarni 84 foizdan 125 foizga ko‘tardi, biroq prezident avvalroq fentanilga 20 foizlik boj joriy qilgan edi. Shunday qilib Xitoy tovarlariga bojlar jami 145 foizga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Trampning boj siyosati keskinlashib bormoqda. U Xitoy, YEI, so‘ngra dunyoning 180 davlatiga bojlar kiritdi.

Avvalroq esa ayrim davlatlarga bojlarni 90 kunga to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 04:08 11.04.2025. O'qildi: 1610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!