Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Zelenskiyni tinchlik muzokaralariga to‘sqinlik qilishda aybladi

Tramp Zelenskiyni tinchlik muzokaralariga to‘sqinlik qilishda aybladi

Tramp Zelenskiyni tanqid qildi: «U muzokaralar olib borish uchun bizga mos emas».

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni keskin tanqid qilib, uni Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishishga to‘sqinlik qilishda aybladi. Newsmax konservativ telekanaliga bergan intervyusida Tramp Zelenskiy bilan muzokara olib borish Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazishdan ko‘ra qiyinroq ekanini aytdi.

«U muzokaralar olib borish uchun bizga mos emas», — dedi Tramp. Shuningdek, u Zelenskiyni omma oldida kelishuvga tayyorligini bildirsa-da, aslida muzokara qilishni istamaslikda aybladi.

«Men Zelenskiyning katta muxlisi emasman. Ular bu mamlakatni vayron qilishdi», — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Tramp Ukraina Vashingtondan «milliardlab va milliardlab dollar» hamda eng zamonaviy Amerika qurollarini olganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, go‘yoki Putin ham, Zelenskiy ham urushni tugatishni istaydi, biroq Rossiya prezidenti bilan kelishuvga erishish osonroq.

AQSh prezidenti Ukrainaning Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalarini ham tanqid qildi. U bu harakatlarni «sharmandalik» deb atab, Kiyevning bunday amaliyotlari jahon bozorida neft narxining oshishiga olib kelayotganini bildirdi. Biroq so‘nggi paytlarda neft narxining ko‘tarilishiga AQShning Eronga qarshi urushi va Hurmuz bo‘g‘ozining bloklanishi ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Vashington va Kiyev o‘rtasidagi kelishmovchiliklar fonida Reuters agentligi AQSh rasmiylari Ukraina harbiylari foydalanayotgan Starshield sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi faoliyatini cheklash to‘g‘risida ko‘rsatma bergani haqida xabar qildi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, ko‘rsatma Oq uydan berilgan. Biroq qarorni aynan kim qabul qilgani va unda Donald Trampning shaxsan ishtiroki bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.

Kiritildi: 18:49 16.10.2026. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!