AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuvga tayyor bo‘lishi zarurligini aytdi.
"Zelenskiy kelishuv tuzishga tayyor bo‘lishi kerak. Shu xolos. Juda ko‘p odamlar halok bo‘lyapti. Bu urush, odamlar juda ko‘p o‘ladi. Shartnoma tuzish kerak," - dedi Tramp Florida shtatidagi Mar-a-Lago mulkida noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi matbuot anjumanida so‘zga chiqib.
Shu bilan birga, Tramp Rossiya kelishuvning ikkinchi tomoni bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.