AQSh prezidenti buni Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Vashingtonda bo‘lib o‘tishi mumkin. AQSh va Ukraina yetakchilari nodir yer metallarini yetkazib berish evaziga Ukrainaga urushda qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishadi.
Tramp, shuningdek, urush bo‘yicha Putin bilan ham gaplashmoqchi ekanini qo‘shimcha qildi.
"Men urushning insoniy yo‘l bilan tugashini xohlayman", — deya qo‘shimcha qildi u.