AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvga umid bildirdi.
Bu haqda Fox news telekanali xabar berdi.
"Men shu yil oxirida Kim Chen In bilan uchrashishni kutmoqdaman... Uning 57 ta juda kuchli yadroviy kallaklari bor. Bu hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak edi, lekin u allaqachon ularga ega. Men Kim Chen Inni juda yaxshi bilaman", deb ta’kidladi u.
Bugun ertalab Tramp o‘z yordamchilariga Kim Chen In bilan muzokaralarni tashkil qilishni buyurdi.