AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Yevropa "ko‘hna dunyoni qamrab olgan" ommaviy immigrasiya tufayli tubdan o‘zgargan. Bu haqda u Britaniyaning GB News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Immigrasiya tufayli Yevropada nima bo‘lganini ko‘rib, xafa bo‘ldim. Qarasangiz, Yevropa avvalgidek emas. Bu barcha joylarga tegishli deb ayta olmayman, lekin deyarli hammasiga. Biroq, bir qator istisnolar mavjud," - dedi Tramp.
AQSh prezidenti aynan qaysi davlatlarni "istisno" deb bilishiga aniqlik kiritmagan, biroq avvalroq Yevropa yetakchilarini migrasiya siyosati va "milliy o‘ziga xoslikni yo‘qotish" uchun bir necha bor tanqid qilgan.
Trampning izohlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2026 yildan kuchga kirishi kerak bo‘lgan chegaralar ustidan nazoratni kuchaytirish va boshpana berishning yangi qoidalari bo‘yicha munozaralar fonida yangradi.