Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Xitoy Eronga qurol yetkazib bersa, Pekinga nisbatan yangi savdo tariflari joriy etilishini bildirdi.

U bu haqda Fox Newsga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Agar biz ularning buni qilayotganini ko‘rsak, ular 50 foizlik tarif oladi», — dedi Tramp.

Uning aytishicha, Xitoy avval mojaro boshida Eronga cheklangan yordam ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, ammo hozir bunday harakat qilayotganiga shubha bilan qaramoqda.

CNN esa AQSh razvedkasi Pekin yaqin kelajakda Tehronga havo mudofaa tizimlarini yuborishga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirganini xabar qildi.

Shu bilan birga, Vashingtondagi Xitoy elchixonasi bu ayblovlarni rad etib, Pekin mojaroda hech bir tomonga harbiy yordam ko‘rsatmayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:47 12.04.2026. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!