Bu haqda AQSh ma’muriyati vakili Anna Kelli ma’lum qildi.
"Ushbu tashrif davomida prezident Donald Tramp so‘nggi bir yil davomida shug‘ullanib kelgan ishini davom ettiradi, ya’ni Xitoy bilan yanada muvozanatlashgan munosabatlarni o‘rnatadi", — dedi Kelli.
Oq uy rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pekinga tashrifi 14—15 may kunlariga rejalashtirilgan.
Avvalroq, Xitoy TIV ham AQSh prezidenti Donald Tramp 13—15 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga kelishini ma’lum qilgan edi.