Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Xitoy tovarlariga bojxona to‘lovlarini 145 foizdan 50 foizgacha tushirishi mumkin

Tramp  Xitoy tovarlariga bojxona to‘lovlarini 145 foizdan 50 foizgacha tushirishi mumkin

Tramp kelasi haftadayoq Xitoy tovarlariga bojxona to‘lovlarini 145 foizdan 50 foizgacha tushirishi mumkin.

Bu haqda New York Post nashri manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Shveysariyada yaqin kunlarda AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo muzokaralari boshlanadi va Tramp ular davom etayotgan paytda bojxona to‘lovlarini pasaytirishga tayyor ekanligini bildirgan.

AQSh prezidenti bunday imkoniyat borligini ochiq e’tirof etdi.

"Hozirda ular 145 foiz darajasida, shuning uchun ularning pasayishini kutishimiz aniq. Menimcha, biz juda yaxshi munosabatlarga erishamiz," - dedi Tramp kecha Oq uyning Oval kabinetida.

Kiritildi: 21:47 09.05.2025. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!