Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tramp Virgin orollaridagi saylovchilar yig‘ilishida uchinchi g‘alabaga erishdi

Tramp Virgin orollaridagi saylovchilar yig‘ilishida uchinchi g‘alabaga erishdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Virgin orollarida bo‘lib o‘tgan respublikachi saylovchilar yig‘ilishida ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Saylov natijalariga ko‘ra, sobiq prezident 74 foiz ovoz to‘plagan. AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq elchisi Nikki Xeyli yana Trampga yutqazib, AQShning Virgin orollaridagi respublikachi saylovchilar orasida atigi 26 foiz ovozga ega bo‘ldi.

- Barchangizga rahmat aytmoqchiman. Biz ajoyib g‘alabaga erishdik. Biz g‘alabani kutgandik, ammo bunchalik kuchli bo‘lishini kutmagandik. Sizlar aql bovar qilmaydigan odamlarsiz, hech qachon unutmayman, - dedi Donald Tramp.

Sobiq prezident Nevada shtatidagi ichki partiyaviy saylovlarda ham g‘alaba qozonishi kutilmoqda, uning raqiblari deyarli yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, AQShda saylovlar 2024 yil 5 noyabrga belgilangan.

Kiritildi: 22:21 09.02.2024. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!