AQSh prezidenti Donald Trampning moliya vaziri Skott Bessent va savdo vaziri Govard Lyutnik bilan suhbati Oq uy rahbarining savdo bojlarini joriy etishni to‘xtatib turishga qaror qilishiga olib keldi.
Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Bessent va Lyutnik Trampni "o‘zining tajovuzkor global tarif rejasini to‘xtatishga" ko‘ndirmoqchi bo‘lgan, biroq Oval kabinet atrofida prezidentning savdo bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro "doimiy ravishda aylanib yurgan."
Oxir-oqibat, vazirlar Tramp bilan rejalashtirilmagan suhbat o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi va uni bojlarni joriy etishdan voz kechishga ko‘ndirishdi.