AQSh prezidenti Donald Tramp va ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy o‘rtasida Amerika yetakchisining Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga yetdi.
Bu haqda Italiyaning Corriere della Sera gazetasi xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, Zelenskiy ayni damda Yevropa yetakchilari, jumladan, Italiya bosh vaziri Djordjiya Meloni bilan muzokaralar olib bormoqda.
Tomonlar muzokaralarni sarhisob qilish va keyingi qadamlarni belgilash uchun qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.