Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Tramp o‘zining tashqi ko‘rinishidan mamnun: «Men undan go‘zalroqman»

Tramp o‘zining tashqi ko‘rinishidan mamnun: «Men undan go‘zalroqman»

AQShning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Pensilvaniyada o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilar ekan, saylovdagi raqibi Kamala Xarrisning tashqi ko‘rinishi haqida gapirdi, deb xabar bermoqda CNN.

Trampning aytishicha u ba’zilar AQSh vise-prezidentining ustunligini uning go‘zalligida deydigan gapga qo‘shilmaydi.

«Men undan go‘zalroqman, deyman. Aytishlaricha, uning eng katta afzalligi - u go‘zal ayol. Men, hmm, men bu haqda hech o‘ylamagan edim », dedi u.

U hech kim Xarris haqida shunday deyishiga ishonmasligini qo‘shimcha qildi. 78 yoshli siyosatchining ta’kidlashicha, u Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzoddan yaxshiroq ko‘rinishga ega.

Kiritildi: 18:00 18.08.2024. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!