Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp o‘zi tashkil qilgan golf turnirida g‘olib chiqdi

Tramp o‘zi tashkil qilgan golf turnirida g‘olib chiqdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining golf klubida o‘tkazilgan golf turnirida g‘olib chiqdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post e’lon qildi.

"Men hozirgina Florida shtatidagi Palm-Bich okrugidagi Trump International Golf Club chempionligini qo‘lga kiritdim. Bu sharaf!" - deb yozgan Oq uy rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 17 martga o‘tar kechasi klubda chempionat g‘oliblari uchun dasturxon yoziladi. Tramp, shuningdek, klub xodimlari va musobaqada ishtirok etgan golfchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq Huff Post gazetasi Tramp inaugurasiya qilinganidan keyin bir yarim oy ichida uning golfga bo‘lgan ishtiyoqi amerikalik soliq to‘lovchilarga 18 million dollarga tushganini aniqlagan edi.

Kiritildi: 02:25 17.03.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!