Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp o‘z nomi bilan ataladigan yangi harbiy kemalar qurilishini e’lon qildi

Tramp o‘z nomi bilan ataladigan yangi harbiy kemalar qurilishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika dengiz floti uchun «Tramp sinfi» deb nomlanadigan yangi turdagi harbiy kemalar qurilishini e’lon qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kemalar 35 ming tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lib, gipertovushli va yadroviy qanotli raketalarni uchirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi loyiha hozirda flot asosini tashkil etayotgan Arleigh Burke sinfidagi esmineslarga qo‘shimcha sifatida mo‘ljallangan.

Prezident yangi kemalar AQShning harbiy ustunligini saqlash, kemasozlik sanoatini rivojlantirish va raqib davlatlarga kuchli signal berishini ta’kidladi. Uning aytishicha, kemalar dizaynini ishlab chiqishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniladi.

Tramp yaqin 2,5 yil ichida jami 20 ta shunday kema qurilishini kutmoqda va kelasi hafta Floridada mudofaa sanoati vakillari bilan uchrashib, qurilish sur’atlarini tezlashtirish masalasini muhokama qilishini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 14:27. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!