«Ular [demokratlar] men Rossiyaning do‘sti bo‘lganim, men Rossiyaga ishlaganim, men Rossiyaga josuslik qilganim haqida gapirishni yoqtirishadi. Bu odamlar xasta», — degan AQSh prezidentligiga nomzod Arizonadagi Glendeyl shahridagi stadionda Taker Karlsonga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uning Rossiya bilan aloqasi haqidagi gapni demokratlar 2016-yilda, u saylovda Hillari Klintonni yengganida o‘ylab topishgan, shundan keyin esa go‘yoki Amerika nashrlari bu ma’lumotni ilib olgan.
Shuningdek, Tramp o‘z vaqtida Rossiyaning «Shimoliy oqim — 2» loyihasini bloklaganini aytgan. Bundan tashqari, respublikachilar nomzodi o‘zining vazifasi sifatida — Xitoy va Rossiyani «ajratish»ni keltirgan.