Donald Tramp Ukrainani foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni "zudlik bilan" imzolashga chaqirdi.
"Prezident Volodimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina Qo‘shma Shtatlar bilan nodir yer resurslari bo‘yicha juda muhim bitimning yakuniy hujjatlarini hali imzolamadi. Bu kamida uch haftaga kechikdi. Umid qilamanki, mazkur hujjat zudlik bilan imzolanadi", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Shu bilan birga, Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi ustida ish "muvaffaqiyatli davom etmoqda" deb qo‘shimcha qildi.