Berliner Zeitung gazetasi xabar qilishicha, Fridrix Mers GFR manfaatlarini ko‘zlab 9 may kuni Moskvaga tashrif buyurishi va Putin bilan uchrashishi maqsadga muvofiq.
Gazeta sharhida ta’kidlanishicha, Germaniya Rossiya Federasiyasi bilan kelajakdagi iqtisodiy aloqalari haqida o‘ylab ko‘rishi lozim.
"Rossiyada hamon 2000 dan 2500 gacha nemis kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Ular sanksiyalarga qaramasdan, dunyodagi eng katta mamlakatda o‘z bizneslarini qat’iyat bilan saqlab qolmoqdalar."