Fox News'ga bergan intervyusida u Kiyevga ajratilgan mablag‘larni qoplash uchun $500 mlrd qiymatidagi noyob metallarni talab qilganini aytdi.
"Ukraina bir kun kelib Rossiyaga aylanishi mumkin. Shuning uchun Kiyev AQSh sarmoyalarining xavfsizligini kafolatlashi kerak", – dedi Tramp.
Avvalroq u Zelenskiydan Kiyevga ajratilgan mablag‘larga javoban tabiiy qazilmalar taqdim etishni talab qilgan. Zelenskiy esa respublikachi bilan bitim tuzishga tayyorligini bildirgan.