AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Ukrainaga Yevropa Ittifoqi orqali qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirayotganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Vashington shu paytga qadar Kiyevga 350 milliard dollarlik harbiy texnika va uskunalar bergan hamda buning uchun hech qachon pul talab qilmagan.
"Bilasizmi, men hozir ham Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib beryapman. Buni Yevropa Ittifoqi orqali amalga oshiryapman, ammo ular endi bizga barcha yetkazib berilgan qurollar uchun to‘liq haq to‘lamoqda", — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.