AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq tugatishni istaydi, ammo uni shartlar unchalik qiziqtirmaydi, dedi Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton.
"Tramp urushni o‘z lavozimiga kirishganidan keyin imkon qadar tezroq tugatishni istaydi va bunga qanday shartlar asosida erishish mumkinligi uni unchalik tashvishga solmaydi. U shunchaki bu [masalaga] barham berishni xohlaydi - bu Ukraina uchun yomon yangilik," - dedi Bolton Yaponiya jamoat televideniyesiga bergan intervyusida.
Bolton, shuningdek, Rossiya frontdagi joriy vaziyatga asoslanib, o‘t ochishni to‘xtatish va chegara chiziqlarini belgilash bo‘yicha kelishuvga erishishdan manfaatdor bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. "Bu o‘t ochishni to‘xtatish qancha uzoq davom etsa, ushbu chiziqlarning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yangi chegaraga aylanish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi," deya qo‘shimcha qildi sobiq maslahatchi.