Bugun 20 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olingan

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olingan

Seul g‘arbiy okrug sudi Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sek Yolni fitna uyushtirganlikda ayblab, hibsga olishga qaror qildi.

Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy vaqt bilan 15-yanvar kuni ertalab Korrupsiyaga qarshi tergov departamenti Yun Seok Yeolni hibsga olgan edi.

Ushbu hibsga olish 48 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, uning davomida huquqni muhofaza qilish organi keyingi hibsga olish zarurmi yoki yo‘qligini hal qilishi kerak edi.

Sud bu masalani ko‘rib chiqishni bugun mahalliy vaqt bilan soat 14:00da boshladi.

Kiritildi: 04:00 19.01.2025. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!