Tramp yanvar oyida Ukrainadagi urushni tugatish rejasini taqdim etadi.
Zelenskiyning fikricha, 2025 yilda mojaroga barham berish imkoniyati bor.
"Biz barcha bilan muloqot uchun ochiqmiz. Men buni Afrika, Osiyo va arab davlatlari rahbarlariga yana bir bor aytaman. Biz ularning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyormiz. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari yangi prezidentining takliflarini ham ko‘rmoqchiman. Umid qilamanki, biz yanvar oyida bu takliflarni ko‘ramiz. Bizda bu urushni tugatish rejasi bo‘ladi", — dedi Ukraina prezidenti Grain from Ukraine tashabbusi yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Donald Trampning inaugurasiya marosimi bo‘lib o‘tadi, o‘shanda u AQSh prezidenti lavozimini to‘liq bajarishga kirishadi.