AQSh prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaradan so‘ng Kongressga Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda CNN o‘zini ismini oshkor etmagan AQSh rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Tramp Kongressga AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga tayyor. U, shuningdek, ushbu paketni Vashington Ukrainaga taklif qilishi mumkin bo‘lgan "platina standarti" deb ataydi.
"Bu ular ko‘rgan eng mustahkam xavfsizlik protokoli paketi. Bu juda va juda kuchli paket", dedi yana bir yuqori martabali AQSh rasmiysi.
Manbalarning hech biri AQSh Ukrainaga aniq nimani va’da qilayotganini aniqlamadi. Biroq, ular Amerika kafolatlari "Rossiyaning keyingi tajovuzkorligini oldini oladi, nizolarni hal qilish mexanizmlarini yaratadi va yakuniy tinchlik bitimini kuzatib boradi". Ular, shuningdek, agar Rossiya kelishuvni buzsa, oqibatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Tramp, CNN ta’kidlaganidek, u Moskvani kafolatlarni qabul qilishga majburlashi mumkinligiga ishonadi va rasmiylar, shuningdek, Rossiya har qanday tinchlik kelishuvining bir qismi sifatida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga ruxsat berishga tayyorligini bildirgan.