Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp uchrashuvni "ajoyib" deb atadi, ammo...

Tramp uchrashuvni "ajoyib" deb atadi, ammo...

Donald Tramp va Si Jinpin uchrashuvi: savdo sulhini uzaytirish va boshqa kelishuvlar.

AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Jinpinning Oq uydagi uchrashuvida savdo, sun’iy intellekt hamda "ikki davlat o‘rtasida kuchayib borayotgan strategik raqobat" masalalari muhokama qilindi, deb yozadi Reuters.

Tramp uchrashuvni "ajoyib" deb atadi, ammo jurnalistlarning uning tafsilotlariga oid savollariga javob bermadi. Xitoyning muzokaralar bo‘yicha rasmiy bayonotida esa savdo, Tayvan, Yaqin Sharq va Ukrainadagi urush masalalari ham tilga olingan.

AQSh moliya vaziri Skott Bessentning ma’lum qilishicha, tomonlar o‘tgan yili AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushiga barham bergan va noyabr oyida muddati tugaydigan "savdo sulhi"ni yana ikki oyga uzaytirishga kelishib olgan.

Kiritildi: 18:00 25.09.2026. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!