Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp transgender harbiylarni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi

A A A
Tramp transgender harbiylarni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi

AQSh prezidenti Donald Tramp, boshqa masalalar qatori, Pentagonning transgender harbiylar bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu qadam transgenderlarning harbiy xizmatda bo‘lishini taqiqlashga qaratilgan.

AQSh prezidenti Mudofaa vaziri Pit Xegsetga Pentagonning transgender harbiylar bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqishni topshiruvchi farmonga imzo chekdi.

Dushanba kuni kechki payt imzolangan bu farmon kelajakda ularning harbiy xizmatini taqiqlashga yo‘l ochishi mumkin.

Shu bilan birga, Donald Tramp COVID-19 vaksinalarini rad etgani uchun ixtiyoriy ravishda ketgan yoki ishdan bo‘shatilgan harbiylarni qayta tiklash to‘g‘risidagi boshqa farmonlarga ham imzo chekdi.

Kiritildi: 22:00 28.01.2025. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!