AQSh Prezidenti Donald Tramp Davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayevni G‘azo bo‘yicha tashkil etiladigan Tinchlik kengashiga rasmiy taklif qilib, Qozog‘istonga muassis davlatlardan biri bo‘lishni taklif qildi. Bu haqda @sputnikKZ Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibiga tayanib, xabar qilmoqda.
Toqayev taklifni qabul qilgan.
Bundan avval ma’lum bo‘lganidek, AQSh Prezidenti G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashini tashkil qiladi. Ushbu kengashga muassis davlat sifatida qatnashish uchun bir qator davlat rahbarlariga taklif yuborilgan. Argentina, Vengriya, Turkiya, Pokiston, Misr, Iordaniya, Qatar va Italiya bunday taklifni olganini tasdiqlab, uni qabul qilganini e’lon qildi.
Shuningdek, taklif Fransiya, Germaniya va BAA rahbarlariga ham yuborilgan. Biroq, hozircha ular tomonidan rasmiy tasdiq bo‘lmagan.
Tinchlik kengashi tashkil etilganini Trampning o‘zi e’lon qildi. Tuzilma uning G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilish bo‘yicha rejasining bir qismi bo‘lishi mo‘ljallangan.