Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp tomonidan lavozimga tayinlanganlarga tahdid qilinmoqda

 Tramp tomonidan lavozimga tayinlanganlarga tahdid qilinmoqda

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Oq uyning bo‘lajak ma’muriyati a’zolari sifatida ko‘rsatilgan bir necha kishi Federal Qidiruv Byurosiga portlovchi qurilmalar bilan bog‘liq tahdidlar olgani haqida xabar bergan.

FQB "bomba va minalashtirish tahdidlari" bilan bog‘liq ko‘plab yolg‘on xabarlar mavjudligidan xabardor ekanligini tasdiqladi.

Tahdidlar haqida birinchi bo‘lib Trampning inaugurasiyasidan so‘ng AQShning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlanishi kerak bo‘lgan Eliz Stefanik xabar berdi.

Trampning o‘tish guruhi matbuot kotibi Kerolin Levittning aytishicha, huquq-tartibot idoralari tahdidlarga uchragan bir necha kishining xavfsizligini ta’minlash uchun tezda chora ko‘rgan.

"Prezident Tramp bizga bu borada misol bo‘oadi, biz tahdidlar bilan to‘xtab qolishimizga yo‘l qo‘ymaymiz", — deya ta’kidladi Levitt saylov kampaniyasi paytida Trampga amalga oshirilgan suiqasdga urinishlariyuga ishora qilib.

Kiritildi: Bugun 09:23. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!