Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Tramp TikTok platformasini AQShda saqlab qolishga harakat qilishini tan oldi

Tramp TikTok platformasini AQShda saqlab qolishga harakat qilishini tan oldi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp amerikalik foydalanuvchilar uchun Qo‘shma Shtatlarda taqiq ostida qolgan TikTok ijtimoiy tarmog‘ini saqlab qolishga urinish ehtimolini istisno qilmadi.

Siyosatchi o‘z pozisiyasini Feniks (Arizona) shahrida bo‘lib o‘tgan AmericaFest anjumanida aytib o‘tgan.

"Men TikTok haqida o‘ylab ko‘raman. Biz TikTokga keldik va milliardlab tomoshalar ko‘rinishida ajoyib javob oldik", - dedi u.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, unga ushbu ijtimoiy tarmoqdagi nashrlari statistikasi taqdim etilganda, u “bir muddat” uni Qo‘shma Shtatlarda qoldirish haqida o‘ylagan.

Platforma 2025 yil 19 yanvargacha, saylangan prezident inaugurasiyasidan bir kun oldin sotilishi yoki bloklanishi kerak. Ijtimoiy tarmoq ma’muriyati va servisga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasi bu AQShdagi 170 million TikTok foydalanuvchisining so‘z erkinligi huquqini buzayotganiga ishonchi komil.

Kiritildi: Bugun 08:57. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!