Washington Post xabar qilishicha, Tramp TikTok'ni AQShda taqiqlash yoki sotuv qonunini to‘xtatib turuvchi farmon chiqarishni o‘ylamoqda.
Ayni paytda NBC ma’lumotiga ko‘ra, Bayden ma’muriyati ham TikTok'ni saqlab qolish yo‘lini qidirayapti. Ular yakshanba kuni kuchga kirishi kerak bo‘lgan taqiqni chetlab o‘tish ustida ishlayapti.
Eng qizig‘i, ushbu taqiq haqidagi qonunni aprel oyida aynan Baydenning o‘zi imzolagan.