Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp tezkor kelishuv uchun Ukrainani tashlab ketmaydi

 Tramp tezkor kelishuv uchun Ukrainani tashlab ketmaydi

Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan bir qator muzokaralardan so‘ng vaziyatga nisbatan optimistikroq munosabatda bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg agentligiga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan yevropalik rasmiylar. Ularning fikricha, Tramp Kiyevni Rossiya bilan muddatidan oldin muzokaraga majburlamasligi mumkin.

Tramp jamoasi ikkita asosiy dalilga e’tibor qaratdi: Bayden davrida Afg‘onistondan qo‘shinlarning tartibsiz olib chiqib ketilishiga o‘xshash kamsituvchi vaziyatni takrorlash xavfi va Rossiyaning g‘alabasi Xitoyni yanada tajovuzkor harakatlarga undashi mumkin.

"Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazishning yagona yo‘li - ular uchun qiyin vaziyat yaratish", dedi Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni Mar-a-Lagoda Tramp bilan uchrashuvdan keyin. "Tramp ham diplomatiyadan, ham jilovlashdan foydalanishga qodir va bu safar ham shunday bo‘lishini kutaman."

Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakillikka nomzod Keyt Kellog Ukrainani kuchli pozisiyadan muzokara olib borishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. U Ukrainaning NATOga a’zoligi masalasini "uzoq muddatga" qoldirib, hozirgi front chizig‘ini muzlatish va qurolsizlantirilgan hudud yaratish kabi mumkin bo‘lgan kelishuvni aytib o‘tdi.

Evropa yetakchilari, jumladan Germaniya kansleri Olaf Shols Trampning yechim topishga ochiqligidan hayratda ekanini bildirdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Ukraina bo‘yicha “asr kelishuvi”ni shaxsan nazorat qilishdan manfaatdor bo‘lgan va hatto Rossiya yetakchisi bilan aloqa kanalini yo‘lga qo‘yish istagiga qaramay, Putinning harakatlarini tanqid qilgan.

Shu bilan birga, Yevropa rasmiylariga ko‘ra, saylangan prezident Ukraina taqdiriga jiddiy qiziqish bildirmagan va urushning AQSh manfaatlari uchun strategik ahamiyatini tan olmagan.

Kiritildi: Bugun 12:43. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!