ISW Rossiya qo‘shinlarining Pokrovskdan sharqqa va g‘arbga siljishi Ukraina qo‘shinlarining logistikasini murakkablashtirishi hamda ularning zaxiralarini to‘ldirish va qo‘shinlarni qayta joylashtirish imkoniyatlarini cheklashi mumkinligini qayd etmoqda.
Agar Ukraina mudofaa kuchlari shimolga chekinishga majbur bo‘lsa, rossiyaliklar Pokrovsk va Mirnogradni qurshab olishlari, shuningdek, Donetsk va Dnepropetrovsk viloyatlari o‘rtasidagi ma’muriy chegaraga yaqinlashishlari mumkin.
Tahlilchilarning bashoratiga ko‘ra, Rossiya harbiy qo‘mondonligi, ehtimol, Pokrovsk va Mirnograd shahar hududlariga ko‘p sonli piyoda qo‘shinlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishdan qochishni rejalashtirmoqda.
ISW ta’kidlashicha, Pokrovsk va Mirnogradning qamal qilinishi Ukraina qurolli kuchlarining chekinishi va bu shaharlarni og‘ir shahar janglarisiz qo‘lga kiritish ehtimolini oshiradi.