Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: "Szinpin Ukrainadagi urush tugashiga yordam bermoqchi"

Tramp: "Szinpin Ukrainadagi urush tugashiga yordam bermoqchi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy Rossiya-Ukraina urushini tugatish tarafdori va unga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.

"Xitoy rahbari Si Szinpin Ukraina inqiroziga yechim topilishini xohlaydi. Ishonamanki, u Rossiya-Ukraina urushi tugatilishini xohlaydi" - dedi Tramp.

AQSh prezidenti, shuningdek, Xitoy rahbari "bunga erishish uchun biz bilan hamkorlik qiladi" degan fikrni bildirdi.

Avvalroq Tramp Xitoy rahbari bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilganini aytgandi.

Kiritildi: 11:00 20.09.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!