Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Suriya prezidentiga “katta ishonch” bildirdi

Tramp Suriya prezidentiga “katta ishonch” bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya rahbari Axmad al-Sharaga to‘liq ishonch bildirib, uni mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va xalqni birlashtirishga qodir deb hisoblashini aytdi.

Trampning ta’kidlashicha, Suriya “qisqa vaqtda uzoq yo‘l bosib o‘tgan”, yangi prezident esa yurtdagi tarixiy muammolarga qaramay, islohotlarga jiddiy kirishgan.

10 noyabr kuni Oq uyda o‘tgan yopiq uchrashuvda tomonlar sanksiyalarning bekor qilinishi va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgani ma’lum qilindi.

Axmad al-Shara — 1946 yil Suriya mustaqillikka erishganidan buyon Oq uyda AQSh prezidenti tomonidan qabul qilingan birinchi suriyalik yetakchi hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 14:46. O'qildi: 146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!