Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp siyosati tengsizlikni kuchaytirishi mumkin

A A A
Tramp siyosati tengsizlikni kuchaytirishi mumkin

Oxfam hisobotida AQSh prezidenti Donald Tramp ham tilga olindi. Uning soliqlarni kamaytirish va tartibga solishni bekor qilish kabi siyosati tengsizlikni kuchaytirishi va milliarderlarni, jumladan Trampning qayta saylanish kampaniyasining yirik homiysi Ilon Maskni yanada boyitishi mumkinligi tanqid qilindi.

"Bu oligarxiyaning eng qimmatli javohiri - dunyodagi eng boy odam Ilon Mask tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan va sotib olingan, dunyo iqtisodiyotining eng yirigini boshqarayotgan milliarder prezidentdir," - dedi Behar.

Davosda "Boylardan soliq undirilsin" va "Tizim yo‘q qilinsin" degan shiorlar bilan namoyishchilar to‘plandi. Ular asosan iqtisodiy strategiyalar, sun’iy intellekt va global mojarolarga e’tibor qaratishi kutilayotgan sammitdan oldin yig‘ilishdi.

Sammitning 3000 nafar ishtirokchisi orasida jahon yetakchilari va yirik biznes vakillari bor.

Kiritildi: 20:48 20.01.2025. O'qildi: 1730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!