Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Si Szinpin bilan suhbatini e’lon qildi

A A A
Tramp Si Szinpin bilan suhbatini e’lon qildi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan suhbatlashganini aytdi.

Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u o‘tgan hafta Xitoy yetakchisiga xabar yuborgan va o‘shandan beri ular muloqotda.

Suhbatdoshning Tramp Sidan Tayvanga bostirib kirmaslikni talab qilganmi, degan savoliga u «yo‘q» deb javob berdi. U suhbatdoshi bilan Tayvanni muhokama qilmaganini, balki «boshqa narsalar haqida gaplashishganini» aytdi.

Kiritildi: 22:48 09.12.2024. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!