Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Si bilan uchrashuvdan voz kechadimi?

Tramp Si bilan uchrashuvdan voz kechadimi?

Tramp Xitoyning nodir metallar eksportini cheklash rejalari tufayli Si Jinpin bilan uchrashuvdan voz kechishi mumkinligini bildirdi.

AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post e’lon qilib, “nodir metallar bilan bog‘liq har bir mahsulot ustidan eksport nazoratini joriy etmoqchi” bo‘lgani uchun Xitoyni tanqid qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Pekin bu haqda butun dunyo mamlakatlariga xatlar yuborgan va “barcha bundan nihoyatda norozi bo‘lgan”.

"Men ikki hafta ichida Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida rais Si bilan uchrashishim kerak edi, biroq endi bunga hojat yo‘qdek tuyulmoqda", — deb yozdi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh bunga javoban bir necha choralarni ko‘rib chiqmoqda, ulardan biri Xitoydan olib kiriladigan mahsulotlarga boj stavkalarini “sezilarli darajada oshirish”dir.

Kiritildi: 17:02 11.10.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!