Nashrning Tramp jamoasining rejalari bilan tanish manbalariga ko‘ra, u Eronning neft sotishdan keladigan daromadlarini minimallashtirmoqchi va mamlakatni ham diplomatik, ham moliyaviy jihatdan izolyasiya qilmoqchi.
WSJ suhbatdoshlari, shuningdek, Eron rahbariyati Trampga suiqasd uyushtirishda gumon qilinayotganini va bu uning siyosatiga ta’sir qilishini eslatishdi.
Eron nefti import qilinuvchi Xitoy portlariga sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. WSJ suhbatdoshlaridan biri bunday choralar Eron neft sanoati uchun halokatli bo‘lishini aytdi.