AQSh prezidenti Donald Tramp 14024-sonli farmonning amal qilish muddatini uzaytirdi. Bu farmon avvalgi prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan bir necha bor kengaytirilgan va uzaytirilgandi. Uning amal qilish muddati 2025 yil 15 aprelda tugashi kerak edi.
Bayden bu sanksiyalarni 2021 yilda Rossiya hukumatining “zararli tashqi faoliyati”, jumladan, 2020 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashuvi sababli joriy qilgan edi. Bayden tomonidan kiritilgan sanksiyalar doirasida AQSh Rossiyaning davlat qarzi bilan bog‘liq moliyaviy operasiyalarni cheklagan edi.