Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishi dargumon

Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishi dargumon

AQSh Trampning bajarib bo‘lmas talablari sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etmasligi mumkin, deb xabar bermoqda The New York Times.

Gazetaning qayd etishicha, NATO'ning kamida ikki a’zosi — Vengriya va Turkiya Moskva bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan va Rossiyadan katta miqdorda energiya resurslarini xarid qilmoqda.

"Bu holat o‘zgarishi ehtimoldan yiroq. Qolgan Yevropa davlatlari ham ma’lum miqdorda Rossiya energiya resurslari xarid qilmoqda. Shu sababli Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishi dargumon", deya yozmoqda NYT.

Avvalroq AQSh prezidenti NATO'ning barcha davlatlari Rossiya neftidan to‘liq voz kechsa, Moskvaga qarshi qattiq sanksiyalar joriy etishga va’da bergan edi.

Kiritildi: 22:15 14.09.2025. O'qildi: 1253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!