«Bu yozda Telegram foydalanuvchilari bozordagi eng yaxshi sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ilon Mask va men xAIning Grok chatbotini milliarddan ortiq foydalanuvchilarga yetkazish va uni barcha Telegram ilovalariga integrasiya qilish uchun 1 yillik hamkorlikka kelishib oldik.
Bu Telegramning moliyaviy ahvolini ham mustahkamlaydi: biz xAIdan 300 million dollar naqd pul va o‘z kapitalini, shuningdek Telegram orqali sotilgan xAI obunasidan tushgan daromadning 50 foizini olamiz, deya izoh qoldirdi Telegram asoschisi Pavel Durov.