Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Netanyahuni Eronga zarba berishning oqibatlaridan ogohlantirganini ma’lum qildi

Tramp Netanyahuni Eronga zarba berishning oqibatlaridan ogohlantirganini ma’lum qildi

Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Tehron “kelishuvga juda yaqin” turibdi.

"22 may kuni telefon orqali suhbatda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba bermasligini aytdim. Men unga hozir buni qilish noo‘rinligini bildirdim, chunki biz Tehron bilan kelishuvga juda yaqinmiz", — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.

AQSh prezidentining fikricha, Eron yadroviy inqirozini “juda kuchli hujjat” yordamida va harbiy harakatlarsiz ham hal qilish mumkin, deb yozadi Axios.

Vashington Tehrondan yadroviy qurol ishlab chiqishdan to‘liq voz kechishni talab qilmoqda. Bir necha raund o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng Eron Qo‘shma Shtatlarning yadroviy dasturdan butunlay voz kechish talabi o‘rniga arab davlatlari va AQSh investisiyasi ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishni taklif qildi.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, Isroil Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. CNN'ning xabar berishicha, 21 may kuni AQSh yangi razvedka ma’lumotlarini olgan va bu Isroil zarbasi ehtimoli “sezilarli darajada oshganini” ko‘rsatgan. CNN manbalaridan biri aytishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy kelishuv istiqboli — Isroil norozi bo‘layotgan asosiy omillardan biri bo‘lib, bu zarba ehtimolini yanada oshirmoqda.

Kiritildi: 10:17 29.05.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!