Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Rossiya aktivlarini musodara qilishi mumkin — OAV

Tramp Rossiya aktivlarini musodara qilishi mumkin — OAV

AQSh OAVning yozishicha, Vashingtonda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 5 milliard dollarga yaqin mablag‘ni musodara qilish imkoni muhokama qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu faqatgina AQSh Kongressi tegishli qonun loyihasini qabul qilganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.

Qonun loyihasi Rossiya aktivlarini Ukraina foydasiga yo‘naltirish tartibini belgilab beradi. Hujjat qabul qilinsa, AQSh ma’muriyatiga aktivlarning yarmini musodara qilishga huquq beriladi.

Shu bilan birga, Donald Trampning mazkur imkoniyatdan foydalanish-faoydalanmasligi hali noma’lumligi ta’kidlanmoqda. Tahlilchilarning fikricha, qaror siyosiy vaziyat va Vashingtonning tashqi siyosat ustuvorliklariga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 12:34 15.11.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!